Qohira shahrining janubidagi Jiza viloyatida avtomagistralda yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilgan.
Hodisa joyiga avariyadan so‘ng 20 ta tez tibbiy yordam mashinasi yuborilgan. Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib borilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, jarohatlangan 10 kishining ahvoli beqaror deb baholanmoqda. Yana 14 kishi yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlarini olgan. Qayd etilishicha, jabrlanganlar soni haqidagi ma’lumotlar hozircha dastlabki hisoblanadi.
Taxminlarga ko‘ra, avariyaga tezlikni oshirish va tuman sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.