Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) AQSh tomonidan Moskvada terrorchilik harakati tayyorlanayotgani haqida ma’lumot oldi.
Bu haqda Rossiya FSB matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Hamkorlik kanallari orqali AQSh tomonidan Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida ma’lumot olindi. Hozirda tegishli ishlar olib borilmoqda», — deyiladi idora bayonotida.
Ehtimoliy tahdidning boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.