Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Istanbul yaqinidagi Kojaeli viloyatining qishloq hududida mahalliy aholi vakillari qulagan dronni topgan. Dastlabki identifikasiya natijalariga ko‘ra, bu Rossiyaning “Orlan-10” razvedka droni.
Turkiya rasmiylari hozircha bu xabarga izoh bergani yo‘q.
16 dekabr kuni Turkiya o‘zining F-16 qiruvchi samolyotlari bilan noma’lum dronlarni urib tushirgani haqida xabar bergan edi.