Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Garovdagilar qaytdi, endi urushni davom ettirish vaqti keldi"

"Garovdagilar qaytdi, endi urushni davom ettirish vaqti keldi"

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvir, G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni qayta boshlashga chaqirdi.

Avvalroq, Isroil armiyasi so‘nggi soatlarda G‘azo sektoridagi o‘nlab nishonlarga zarbalar berilganini va bunda 120 dan ortiq o‘q-dorilar qo‘llanilganini ma’lum qilgandi

Bundan oldingi voqealar:

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 2025 yil 10 oktyabrdan kuchga kirgan edi. Biroq 19 oktyabr kuni Isroil armiyasi Rafah hududiga havo zarbalarini amalga oshirdi. The Times of Israel yozishicha, bu zarbalar Isroilga qilingan hujumlarga javob bo‘lgan.

Ketma-ket zarbalardan keyin Isroil o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qayta rioya qilishini bildirdi va har qanday qoidabuzarlikka keskin javob berishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!