Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

To‘raqo‘rg‘onda da’vogar ona uch farzandi bilan uyga kiritib qo‘yildi

To‘raqo‘rg‘onda da’vogar ona uch farzandi bilan uyga kiritib qo‘yildi

Majburiy ijro byurosi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvidagi nomulkiy tusdagi ijro hujjatlari doirasida navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.

Mazkur ijro hujjatiga asosan, sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida da’vogar va uning uch nafar farzandi bilan uy-joyga kiritilishi bo‘yicha belgilangan tartibda amaliy tadbir o‘tkazildi.

Ijro harakatlari davomida qonunchilik talablariga rioya etilgan holda, ijro hujjatida belgilangan talablarning amalda ta’minlanishiga erishildi. Natijada da’vogar va uning farzandlarining uy-joydan foydalanish hamda unda yashash bilan bog‘liq huquqlari tiklandi.

Sud hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishini ta’minlash — fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolatlaridan biridir.

Majburiy ijro byurosi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash hamda qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:22 13.09.2026. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!