AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaro davomida Los-Anjeles va San-Diyego shaharlari hujumga uchrashi va vayron qilinishi mumkinligini aytdi.
Tramp Nebraskada saylovchilar bilan uchrashuvda Eron tomonidan bunday hujum amalga oshirilsa, bu mojaroning tez yakunlanishi uchun «juda kichik narx» bo‘lishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington «katta g‘alaba»ga erishishni istaydi va mojaro deyarli yakunlanish arafasida.
AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi ortidan Hurmuz bo‘g‘ozida ham vaziyat jiddiylashgan. Eron bo‘g‘ozni AQShning mintaqadagi aralashuvi tugamaguncha yopiq saqlashini bildirgan, Vashington esa Eronga qarshi dengiz blokadasini qayta tiklagan.