AQSh Kongressi Vakillar palatasining Demokratik partiyasidan o‘ndan ortiq a’zosi Donald Tramp ma’muriyatiga Falastin davlatini tan olishni so‘rab murojaat qildi.
Bu haqda Axios nashri xabar berdi.
Portalga ko‘ra, bu tashabbus G‘azo sektorida kuchaygan gumanitar inqirozga javob bo‘lgan. Maktubni imzolaganlardan biri, texaslik kongressmen Al Grin Kongressga Falastinning davlatchilik huquqini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Tramp va davlat kotibi Marko Rubioga yo‘llangan maktubda qonunchilar Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastinni tan olish haqidagi va’dasiga ishora qilmoqda.
"Bu fojiali lahza Falastinning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olish zarurligini ta’kidladi. Biz AQShni ham shunday qilishga chaqiramiz", — deyiladi bayonotda.