Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarini ittifoqdan chiqishga chaqirdi.
Bunday deyishiga Yevropa Ittifoqi sudlarining Irlandiya sudlarining bunday majburiyatni istisno qilgan pozisiyasiga qaramay, boshpana izlovchilarni uy-joy bilan ta’minlash majburiyatini olgan qarori bo‘ldi. Mask bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlab, "Irlandiya Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak. Menimcha, barcha davlatlar shunday qilishi kerak", deb ta’kidladi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi Yevropada demokratiyani yo‘q qilmoqda.
Bu Ilon Maskning Yevropa Ittifoqini birinchi marta tanqid qilishi emas. Avvalroq u Bryusselni raqamli senzurada, demografik va iqtisodiy muammolarni hal etishda samarasizlikda ayblagan edi.