Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp AQSh atom suvosti kemalari bo‘yicha yana bir bayonot berdi

Tramp AQSh atom suvosti kemalari bo‘yicha yana bir bayonot berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ikki atom suvosti kemasi allaqachon «ma’lum bir hudud»da joylashtirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bunday qaror Rossiya siyosiy elitasidan chiqqan tahdidlarga javob sifatida qabul qilingan.

Shu bilan birga, Tramp AQSh qaysi kemalarni va qayerga joylashtirganini oshkor etmadi. Bu kabi ma’lumotlar Pentagon tomonidan maxfiy saqlanishi urfga aylangan. Ammo u shunchaki joylashtirish emas, balki «aniq hududlar» haqida gap ketganini qayd etdi.

Bu bayonotga Trampning 1 avgustdagi buyrug‘i asos bo‘lgan. O‘shanda u Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev tomonidan aytilgan «ommaviy yadroviy zarba» haqidagi so‘zlarni «ahmoqona va xatarli» deb baholab, AQShning yadroviy flotini harakatga keltirishni buyurgan edi.

Shuningdek, Tramp matbuot anjumanida Ukrainadagi urushga ham to‘xtalib o‘tdi. U bu urushni «ma’nosiz» deb atadi va AQSh buni to‘xtatishga qodir ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Vashington avval ham Hindiston va Pokiston, shuningdek boshqa davlatlar o‘rtasidagi mojarolarni to‘xtatgan va bu gal ham urushni tugatish imkoni bor.

Shu bilan birga, u urushni qanday to‘xtatishini yoki bu jarayon qaysi mexanizmlar orqali amalga oshirilishini ochiqlamadi.

Kiritildi: 17:21 04.08.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!