Vena sudi Qrimdagi yo‘qolgan aktivlar uchun kompensasiya sifatida Rossiyadan Avstriyada joylashgan aktivlarni 120 million yevroga undirish bo‘yicha da’voni qanoatlantirdi.
Bu haqda Ukrainaning "Naftogaz" kompaniyasi ma’lum qildi.
"Naftogaz" guruhi Vena okrug sudidan Rossiyaga qarshi 5 milliard dollardan ortiq miqdorda arbitraj qarorini ijro etish uchun ruxsat oldi. Xususan, sud Avstriyadagi 20 dan ortiq rus ko‘chmas mulk ob’ektlarini og‘irlashtirishga ruxsat berdi, ular kimoshdi savdosida sotiladi. Ushbu aktivlarning umumiy qiymati 120 million yevrodan oshadi", deyiladi kompaniyaning veb-saytida.