Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Er tomon uchayotgan yulduzlararo ob’ekt o‘zga sayyoralik kema bo‘lishi mumkin

Er tomon uchayotgan yulduzlararo ob’ekt o‘zga sayyoralik kema bo‘lishi mumkin

Garvard universiteti astrofiziki Avi Leb Yerga yaqinlashayotgan yulduzlararo 3I/ATLAS kometasi o‘zga sayyoralik kema bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.

Olim bu taklifni 3I/ATLAS harakatlanayotgan "g‘ayrioddiy noyob trayektoriya" tufayli keltirdi. Shuningdek, u ob’ekt Yerga 2025 yilning 21 noyabridan 5 dekabrigacha etib borishini aytdi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, agar ob’ekt begona kema bo‘lsa, unda zond yoki hatto qurol ham bo‘lishi mumkin. "Bu bizni qutqarish yoki yo‘q qilish uchun kelishi mumkin. Biz ikkalasiga ham tayyor bo‘lganimiz ma’qul", - dedt Leb so‘zlarini keltiradi nashr.

Eslatib o‘tamiz, 3I/ATLAS kometasi 2025 yil 1 iyulda NASA tomonidan kashf etilgan. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, oktyabr oyi oxirida u Quyoshga eng yaqin keladi va 1,4 astronomik birlik oralig‘ida keladi va shundan so‘ng u Quyosh tizimini tark etishi taxmin qilinadi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!