Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp yana bir bor Zelenskiyni keskin tanqid qilib, uni Rossiya bilan urushni tugatishni istamaslikda aybladi

Tramp yana bir bor Zelenskiyni keskin tanqid qilib, uni Rossiya bilan urushni tugatishni istamaslikda aybladi



Jurnalistlar Trampdan Zelenskiyning AQSh hukumati Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, “tarixning noto‘g‘ri tomonida bo‘lishi” haqidagi so‘zlari yuzasidan munosabatini so‘rashdi.

"Zelenskiy shunday dedimi? Zelenskiy nima deyayotganini o‘zi bilmaydi. Zelenskiy – urushni allaqachon hal qilishi kerak bo‘lgan odam. Agar u menga quloq solganida edi, ancha vaqt oldinroq yaxshiroq kelishuvga erishgan bo‘lardi", – dedi bunga javoban Tramp.

AQSh prezidenti Rossiya rahbari Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini ham ma’qullagan. Trampning yangi bayonotlari AQSh va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovishi fonida yangradi.

Kiritildi: 21:30 21.10.2026. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!