Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga moyillik bildira boshladi

Tramp Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga moyillik bildira boshladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSh Prezidenti Donald Trampning yonilg‘i narxi oshishi va AQShda kutilayotgan oraliq saylovlar borasidagi xavotirlaridan foydalanib, uni o‘z tomoniga og‘dirib oldi.

Bu haqda The Washington Post nashri tahlilchilarga tayanib xabar berdi.

Putin bilan o‘tkazilgan telefon muloqotidan so‘ng, Tramp Rossiyadan dizel yonilg‘isi yetkazib berilishiga qo‘yilgan sanksiya cheklovlarini yumshatdi, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni keyinga qoldirdi, Ukrainaning sun’iy yo‘ldosh tizimlaridan foydalanishini chekladi va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga nisbatan bosimni kuchaytirdi.

AQSh davlat kotibining sobiq yordamchisi Deniyel Fridning fikricha, Tramp mojaroni Moskva uchun manfaatli bo‘lgan shartlar asosida hal qilishga intilmoqda, chunki yonilg‘i narxi oshayotgan bir paytda unga saylovoldi kampaniyasi uchun kuchli dalil (argument) kerak.

Karnegi jamg‘armasi eksperti Endryu Vaysning hisoblashicha, Tramp Kiyevni Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 dekabr sammitiga qadar siyosiy kelishuvga erishishga majbur qilishga harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududiy yon berishlarni talab qilmoqda va keyinchalik Ukrainaning harbiy salohiyatini cheklashni ham talab qilishi mumkin.

Kiritildi: 09:20 21.10.2026. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!