Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Rossiya "yon bosishga kattaroq tayyorlik" ko‘rsatishidan umid qilmoqda

Tramp Rossiya "yon bosishga kattaroq tayyorlik" ko‘rsatishidan umid qilmoqda

Oq uy AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya dizeli sotuviga qo‘yilgan sanksiya cheklovlarini yumshatishga rozi bo‘lgani va Rossiya Federasiyasi manfaatlari yo‘lida boshqa qadamlarni tashlaganidan so‘ng, Moskva "yon bosishga kattaroq tayyorlik" ko‘rsatishidan umid qilmoqda.

Bu haqda Axios portali amerikalik mulozimlar orasidagi ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Norvegiya poytaxti Osloda AQSH, Yevropa va Ukraina vakillari ishtirokida o‘tgan muzokaralar borishi bilan tanish bo‘lgan suhbatdosh tomonlar Rossiya bilan kelgusi muloqot bo‘yicha pozisiyani kelishib olganliklarini ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha hadli (ramochniy) kelishuv to‘g‘risidagi yagona taklif muhokama qilingan. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yangi g‘oya va takliflarni taqdim etgan va ular batafsil ko‘rib chiqilgan. Mulozim kelgusi qadamlar bo‘yicha ishchi darajada sezilarli ilgarilash va pozisiyalarning muvofiqligini qayd etdi.

Portalning alohida ta’kidlashicha, Oq uyning maxsus vakili Stiv Uitkoff bugun, 21 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi va unga yangilangan taklifni taqdim etadi, Trampning kuyovi Jared Kushner esa uchrashuvga videoaloqa orqali qo‘shiladi.

Mulozimning ma’lum qilishicha, Vashingtonda yangi taklif to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch tomonlama va kengroq ko‘p tomonlama muzokaralarga o‘tish imkonini berishiga umid qilinmoqda.

Shunga qaramay, Kushner Trampning Ukraina tomonidan Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga (NQIZ) beriladigan zarbalarni to‘xtatish haqidagi talabini yana bir bor ilgari surdi. Uchrashuvdan so‘ng Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy agar Moskva ham shunday qadamlarni tashlasa, Kiyev zarbalarni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni Osloda Yevropa, Ukraina, AQSH, shuningdek, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Ittifoq (II) va NATO vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb muzokaralarda Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishda "haqiqiy ilgarilash"ga erishilganini qayd etdi.

Kiritildi: 09:10 21.10.2026. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!