AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishilganini e’lon qildi.
Tramp bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan kabinet yig‘ilishida bayonot berdi.
U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning tezda tugashiga umid bildirdi. "Stiv, Rossiya va Ukraina. Biz katta yutuqlarga erishmoqdamiz", dedi u o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoffga murojaat qilib.
Tramp shuningdek, shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan qishda bir hafta davomida Ukrainaga, xususan, Kiyevga ba’zi zarbalardan tiyilishni so‘raganini ta’kidladi.
"Putin bunga rozi bo‘ldi", deb ta’kidladi Tramp.