The Telegraph nashriga ko‘ra, Pekin Moskvaga gipertovushli ballistik raketalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan stanok va uskunalarni yetkazib bermoqda. Bunday uskunalarsiz «Oreshnik» kabi raketalarni chiqarish imkonsiz edi.
Asosan gap Xitoyda ishlab chiqarilgan kompyuterli boshqaruvli stanoklar haqida ketmoqda. Ular Votkinsk zavodida aniqlangan. Bu zavodda «Oreshnik», «Iskander-M» va qit’alararo ballistik raketalar ishlab chiqariladi.
Urush davomida Xitoy Rossiyaga milliardlab dollarlik shunday uskunalarni yetkazib bergan.
Bundan tashqari, Xitoy mikrochiplar, elektron platalar, podshipniklar, radar va radioelektron kurash uchun kristallar, o‘lchov asboblari hamda dronlar uchun butlovchi qismlarni ham taqdim etmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Xitoysiz Rossiya hozirgi urush sur’atini saqlab tura olmas edi.