Isroilning Eronga qarshi harbiy hujumlarining asosiy nishoni Islom Respublikasidagi harbiy inshootlar bo‘lishi mumkin.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bu haqda Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Menimcha, Isroilning asosiy maqsadi Eron harbiylarining ba’zi asosiy imkoniyatlarini yo‘q qilish bo‘ladi", dedi vazir.
Isroilning Eronda rahbariyat almashinuvini osonlashtirish istagi haqida Fidan ular buni xohlashlari mumkinligini, ammo bunga erisha olishlarini vaqt ko‘rsatishini ta’kidladi:
"Bu tashqi harbiy aralashuvga emas, balki xalqning xohishiga bog‘liq. Eron xalqi urushlar va tashqi tahdidlar paytida, ayniqsa Isroildan hujumlar bo‘lganda, har doim o‘z rahbarlari atrofida birlashadi", dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.