Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha yagona hal etilmagan band bor"

"Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha yagona hal etilmagan band bor"

Hududiy masala Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda hal etilmagan yagona band bo‘lib qolmoqda, deya fikr bildirdi AQSh davlat kotibi.

"Bu biz hali bosib o‘tishimiz kerak bo‘lgan chegaradir, bu hanuz ochiq qolayotgan bo‘shliq. Ammo hech bo‘lmaganda mavzular majmuasini bitta markaziy masalaga jamlashga muvaffaq bo‘ldik", — dedi Marko Rubio Senatning tashqi ishlar qo‘mitasidagi tinglovlarda.

Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundi 1 fevral kuni Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Rubioning aytishicha, keyingi muzokara bosqichida AQSh vakillari ishtirok etishi mumkin, biroq avvalgi raundda qatnashgan Stiv Uitkoff va Jared Kushner bu safar unda qatnashmaydi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!