Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov «Siti»ning «yuragi»ga aylandimi?

Abduqodir Husanov «Siti»ning «yuragi»ga aylandimi?

"Manchester Siti" chorshanba oqshomida Chempionlar ligasi 8-turida "Galatasaroy"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov kecha jamoa asosiy tarkibidagi ketma-ket 7-o‘yinini o‘tkazdi, bu jamoadagi barcha markaziy himoyachilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich va butun jamoadagi eng yaxshi ikki o‘yinchidan biri - yarim himoyachi Niko Gonsales ham mavsum boshida ketma-ket 7-o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan edi.

Husanov ushbu mavsumda umumiy 17 ta o‘yinda 1228 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Unda hozircha golli harakatlar yo‘q.

Kiritildi: 23:34 29.01.2026. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!