Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati Pop tuman sudida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘liga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Ma’lum qilinishicha, bir hafta oldin sud zalida qamoqqa olingan Odilxon Ismoyilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 moddaning 3-qismi (“a” va “v” bandlari) bo‘yicha yirik miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, ya’ni ishonib topshirilgan mol-mulkni talon-toroj qilish, 179-modda bilan soxta tadbirkorlik, 189-moddaning 1-qismi bilan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, 209-moddaning 2-qismi (a bandi) bilan mansab soxtakorligi, ya’ni xizmat mavqeidan foydalanib rasmiy hujjatlarga yolg‘on ma’lumot kiritish ayblari qo‘yilgan.

Bundan tashqari, unga 227-moddaning 2-qismi (a bandi) hamda 228-moddaning 2 va 3-qismlari bo‘yicha hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blanklarni tayyorlash, qalbakilash, sotish yoki ulardan foydalanish, shu jumladan aksiz markalari va boshqa davlat belgilarini noqonuniy qo‘llash bilan bog‘liq ayblovlari ham qo‘yilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Odil qori Yunusxon o‘g‘li Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) masjidi, “Firdavs” masjidi va “Xo‘ja Alambardor” (Kamolon) masjidida imom xatiblik qilgan. Shuningdek u bir muddat “Vaqf” fondi rahbariyatida ishlagan.

Kiritildi: Bugun 15:32. O'qildi: 1840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!