Xitoy qurolli kuchlari 2023 yilda boshlangan “korrupsiyaga qarshi kurash” fonida rais Si Jinpin davridagi eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi.
Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Jinpin 2012 yil oxirida hokimiyatga kelganidan beri u tayinlagan generallarning 48 foizi ustidan tergov o‘tkazilgan yoki jamoatchilik ko‘zidan g‘oyib bo‘lgan. “Korrupsiyaga qarshi kurash” kampaniyasi davomida mudofaa vazirlari, shuningdek, qurolli kuchlarga rahbarlik qiluvchi Markaziy harbiy kengash qo‘mondonlari va a’zolari lavozimlaridan mahrum qilingan.
Yanvar oyida Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari, Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosi a’zosi Chjan Yusya va yana bir yuqori martabali harbiy amaldor, Markaziy harbiy xizmat Birlashgan shtabi boshlig‘i Lyu Chjenliga nisbatan tergov boshlandi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Chjan uzoq vaqt davomida Sining eng ishonchli harbiy ittifoqchisi hisoblangan.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, “tozalash” ko‘lamining kengayayotgani Xitoyda nafaqat korrupsiyaga, balki siyosiy sadoqatga tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.