Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Ro‘yxatga olish savolnomasini xato yoki to‘liq bo‘lmagan holda to‘ldirgan fuqarolar uchun avtomatik ogohlantirish tizimi joriy etildi. Bu haqda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ayrim hollarda savolnoma faqat bir shaxs nomidan to‘ldirilib, u bilan bir xonadonda yashovchi boshqa a’zolar kiritilmayapti. Eslatib o‘tilishicha, qarindoshlik darajasidan qat’i nazar, bir xonadonda yashovchi barcha shaxslar birgalikda ro‘yxatga olinishi shart.

Shuningdek, yer maydonlari, yetishtirilayotgan mahsulotlar, qoramol va parrandalar soni to‘liq ko‘rsatilmaslik holatlari ham aniqlanmoqda. Bunday kamchiliklar axborot tizimi orqali tekshirilib, savolnomani qayta to‘ldirish uchun yuboriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolarga platformaga qayta kirib, sertifikat oynasidagi ogohlantirishlarni tekshirish va xatolik bo‘lsa, savolnomani qayta to‘ldirish tavsiya etildi.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!