Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Trampning tahdidiga javob qaytardi

Eron Trampning tahdidiga javob qaytardi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron har qanday tajovuzga darhol va qat’iy javob berishga tayyorligini bildirdi.

Uning aytishicha, Eron Qurolli kuchlari to‘liq shay holatda, shuningdek, “12 kunlik urush”dan olingan saboqlar yanada tez, kuchli va samarali javob berish imkonini beradi.

"Bizning jasur Qurolli kuchlarimiz – quruqlik, havo va dengiz, bizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga zudlik bilan va qat’iy javob berishga tayyor", — dedi Aroqchi.

Shu bilan birga, Aroqchi Eron har doim o‘zaro manfaatli, adolatli va teng huquqli yadroviy kelishuv tarafdori bo‘lib kelganini ta’kidlagan. Bunday bitim Eronning tinch yadroviy texnologiyalardan foydalanish huquqini kafolatlashi va yadroviy qurol mavjudligini istisno etishi lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurol Eronning xavfsizlik rejalari tarkibiga kirmaydi va mamlakat hech qachon uni qo‘lga kiritishga intilmagan.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!