Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Jizzaxda “Tayson” laqabli shaxs boshchiligidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Viloyat IIB, DXX kabi tuzilmalar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Jizzax viloyatida “Tayson” laqabli shaxs boshchiligida ko‘cha bezoriligi va tahdidlar bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Jinoiy guruhni 1986 yyilda tug‘ilgan shaxs boshqargan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari fuqarolarni o‘ldirib ketish bilan qo‘rqitib, mahallada qo‘rquv va beqarorlik muhitini yuzaga keltirgan.

Jumladan, ular 1993 yilda tug‘ilgan mahalladoshini urib, jarohat yetkazishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olindi.

Holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!