28 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Moliyaviy monitoring agentligi oldida chiqish qilib, 2025 yil davomida qo‘shni davlatdan boshqa mamlakatlarga 7 trillion tengedan ortiq (taxminan 14 milliard dollar) mablag‘ chiqarilganini ma’lum qildi. Prezident bu holatni qonun va iqtisod nuqtai nazaridan qabul qilib bo‘lmaydigan holat deb bayonot qildi.
14 milliard dollar Qozog‘istonning 2025 yilgi davlat byudjeti daromad qismi qariyb uchdan birini tashkil etadi. Bayonotdan so‘ng internetda katta muhokama boshlandi, biroq video rasmiy OAVdan uch soatdan so‘ng o‘chirib tashlangan.
Jamoatchilik e’tibori quyidagi savollarga qaratildi:
Qaysi “qo‘shni davlat”? O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy ehtimoldan istisno qilindi, asosiy e’tibor Rossiyaga qaratildi.
Qaysi bank orqali mablag‘lar chiqarildi? Freedom Bank bu ishga aloqador emasligini ma’lum qilgan. RBK Kazakhstan bankiga e’tibor qaratilayotgani ham xabar qilindi.
Hozircha oqibatlari aniq emas — bank tizimida inqiroz, sanksiyalar yoki siyosiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu Qozog‘iston tarixidagi juda katta va jiddiy voqea hisoblanadi.