Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp PayPal kompaniyasining sobiq bosh direktori Devid Saksni "kriptopodshosi" lavozimiga taklif qildi

Tramp PayPal kompaniyasining sobiq bosh direktori Devid Saksni "kriptopodshosi" lavozimiga taklif qildi

AQShning saylangan prezidenti Saks o‘z ma’muriyatining sun’iy intellekt va kriptovalyutalar bo‘yicha siyosati uchun javobgar bo‘lishini aytdi, bu "Amerika raqobatbardosh kelajagi uchun muhim bo‘lgan ikkita soha hisoblanadi".

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Saks Qo‘shma Shtatlarni “har ikki sohada ham so‘zsiz dunyo yetakchisi”ga aylantirishi va kripto sanoatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishi kerak.

52 yoshli Saks Janubiy Afrikada tug‘ilgan. U PayPal to‘lovlarni qayta ishlash xizmatining birinchi rahbarlaridan biri bo‘lgan. Qayd etish kerak, Devid Saks Trampning boshqa taniqli tarafdorlari Ilon Mask va Piter Til kiruvchi "PayPal mafiyasi" a’zosi, shuningdek Craft Ventures kapital firmasining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 12:13 06.12.2024. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!