Havoning ifloslanishi yuqoriligicha qolayotgan Eron poytaxti Tehronda yakshanba kuni maktab darslari bekor qilindi.
Tehron meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Damavand va Firuzkuh tumanlaridagi universitetlar bundan mustasno, ta’lim muassasalari havoning kuchli ifloslanishi davom etayotgani sababli yopiq qoladi. O‘quv jarayoni masofadan turib olib boriladi.
Tehronning havo sifatini o‘lchaydigan shirkati bugun poytaxtda ifloslanish darajasi har kubometr uchun 150 mikrogrammni tashkil etganini aytdi. Bu ko‘rsatkich havo sifati barcha shahar aholisi salomatligi uchun zararli ekanligini anglatadi.
Ma’lumot uchun, avvalroq bir qancha davlatlarda, xususan, Istanbulda havoning ifloslanishi eng xavfli darajaga yetgan, Toshkentda ham havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatilgandi.