Rossiya Federasiyasi banklari 2024 yil rekord darajada – 3,8 trillion rubl sof daromad qilgan. Ushbu raqam RF Markaziy banki e’lon qilgan hisobotda keltirilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, korporativ kredit portfeli avvalgi yilga nisbatan 17,9 foiz oshib, 87,8 trillion rublga yetgan. Milliy valyutaning muayyan davrlarda zaiflashishi ham banklar foydasiga ishlagan. Depozit miqdori 26,1 foiz o‘sib, rekord ko‘rsatkich – 57,5 trillion rublga yetgan.
Omonat mablag‘ ko‘payishi aholi daromadi ortishi, depozit stavkasi yuqoriligi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.