Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp: "Kubada harbiy operasiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz"

Tramp: "Kubada harbiy operasiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz"

AQSh prezidenti Donald Tramp Kubada harbiy operasiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi. Shuningdek, u prezidentlik muddati yakunlanguniga qadar ushbu mamlakat bilan bog‘liq masalani hal qilish niyatida ekanini bildirdi.

Amerika yetakchisi bu haqda Salem News Channel telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Men prezidentlik lavozimidan ketishimdan oldin Kuba masalasini hal qilmoqchiman. Bizning juda yaxshi va iqtidorli inson — [AQSh davlat kotibi] Marko Rubiomiz bor. Bilasiz, uning ota-onasi Kubadan. U bu masala bilan shug‘ullanishni istaydi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz», — dedi Tramp.

Jurnalistning Kubada harbiy operasiya o‘tkazishga tayyorligi haqidagi aniqlashtiruvchi savoliga javoban AQSh prezidenti: «Ha, men bunday imkoniyatni albatta ko‘rib chiqardim», — deb ta’kidladi.

Kiritildi: 10:20 13.11.2026. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik