Bugun 10 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Ispaniyani NATOdan chiqarib yuborish kerak"

Tramp: "Ispaniyani NATOdan chiqarib yuborish kerak"

Qo‘shma Shtatlar Yevropadagi o‘z qo‘shinlari sonini kamaytirish niyatida emas, balki ularni u yerda qayta joylashtirishi mumkin.

Bu haqda prezident Donald Tramp finlyandiyalik hamkasbi Aleksandr Stubb bilan uchrashuvi avvalida ma’lum qildi.

"Yo‘q, lekin biz ularni biroz o‘zgartirishimiz mumkin", dedi Tramp Yevropadagi AQSh qo‘shinlarini qisqartirish imkoniyati haqidagi savolga javob berib. "Sizga ma’lumki, Yevropada ko‘plab qo‘shinlarimiz bor va biz ularni biroz ko‘chirishimiz mumkin".

U, shuningdek, Vashington harbiy xarajatlarni yetarli emas deb hisoblagan Ispaniyani NATOdan chiqarib yuborishni taklif qildi.

"Ularda mudofaa xarajatlarini oshirish uchun hech qanday sabab yo‘q. Lekin bu yaxshi. Ochig‘ini aytganda, Ispaniyani NATOdan chiqarib yuborish kerak", - dedi Amerika rahbari.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!