Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Migrantlardan norozi bo‘layotgan ekspertlarga qo‘liga supurgi olishni maslahat beraman — Sobyanin

Migrantlardan norozi bo‘layotgan ekspertlarga qo‘liga supurgi olishni maslahat beraman — Sobyanin

"Agar o‘sha ekspertlar shunchalik jonbozlik ko‘rsatayotgan ekan, men ularga qo‘liga supurgi olib Moskvadagi uylarning birining hovlisiga chiqishni maslahat bergan bo‘lardim. O‘zlarining oliy ma’lumoti va doktorlik dissertasiyasi bilan. Menimcha, ular bu ishni qilishmaydi. Xo‘sh unda kim bajaradi?", dedi Moskva meri.

Bizga faqat yuqori malakali ishchilar kerak deydiganlarning mantig‘ini tushunmayman. Ular kelib yuqori malakali ish joylarini egallasa, moskvaliklar ko‘cha supurishga chiqadimi? Ushbu og‘ir ish bilan shug‘ullanishga rozi bo‘lyotgan odamlar borligi uchun biz xudoga shukur deyishimiz kerak, - deb qo‘shimcha qildi mer.

Sobyanin aytishiga ko‘ra, 2018 yildan beri Rossiya poytaxtidagi migrant ishchilar soni o‘zgarishsiz qolgan, ommaviy kirib kelish yo‘q, lekin juda ko‘pchillik migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!