AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Hormuz bo‘g‘oziga mina qo‘yishi Islom Respublikasi uchun "o‘z joniga qasd qilish shakli" bo‘lishini aytdi.
Tramp bu bayonotni Oq uydagi boshqaruv kengashi yig‘ilishida aytdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Tehron bo‘g‘ozni minalashga qaror qilsa, bu Eronning o‘zi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"Agar ular buni qilsalar, bu o‘z joniga qasd qilish shakli bo‘ladi", dedi Amerika yetakchisi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Vashingtonda Hormuz bo‘g‘ozining minalanishi haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.
Tramp shuningdek, AQSh Pentagon 30 dan ortiq Eron esmineslarini yo‘q qilgan deb taxmin qilayotganini da’vo qildi.
"Biz bilganimizcha, biz ularning barcha esmineslarini yo‘q qildik", dedi u.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi mojaro yanada avj olsa, Xarg orolidagi neft infratuzilmasiga yana bir bor zarba berish bilan tahdid qildi.