Eron Isroil hududiga o‘ta og‘ir ballistik raketalarni qo‘llagan holda kuchli hujum uyushtirdi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIR) Koinot-havo kuchlari qo‘mondoni general Majid Musavi ma’lum qildi.
«Ushbu operasiya Isroil rejimining muhim havo kuzatuv tizimlarini izdan chiqardi va yo‘q qildi. Bu eng kuchli jangovar o‘qqa tutish bo‘ldi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.