AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp AQShga 1 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritganlarga tezlashtirilgan ruxsatnomalar va lisenziyalar berilishini ma’lum qildi.
Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Amerika Qo‘shma Shtatlariga 1 milliard dollar va undan ortiq sarmoya kiritgan har qanday odam yoki kompaniya to‘liq tezlashtirilgan ruxsatnomalar va lisenziyalarga, shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, barcha ekologik ma’qullashlarga ega bo‘ladi," - deya TASS siyosatidan iqtibos keltiradi.
Ta’kidlanishicha, bu kabi chora-tadbirlar yirik investisiyalarni jalb qilish va keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.