Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tovar-xom ashyo birjasida savdo aylanmasi 6,6 trln so‘mga yetdi — tadqiqot

Tovar-xom ashyo birjasida savdo aylanmasi 6,6 trln so‘mga yetdi — tadqiqot

Iyulda banklararo to‘lov operasiyalari soni 6,5 mingdan oshdi. Ayniqsa, Andijon va Sirdaryoda sezilarli o‘sish kuzatildi.

2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) keskin oshib, 1159 birlikni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich iyun oyiga nisbatan 15,9 foiz, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa 14,3 foiz oshgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, IFI tarkibidagi asosiy yo‘nalishlar ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Har bir bo‘limni alohida tahlil qilamiz:

1

Infografika: Review.uz

Bank operatsiyalari. Iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari 6 ming 501 tadan oshib, iyunga nisbatan 192,4 ming tranzaksiyaga ko‘paydi (+3 foiz). O‘sish barcha hududlarda kuzatildi. Ayniqsa, Sirdayo (23,4 foiz), Andijon (21,2 foiz), Jizzax (14,8 foiz) va Buxoro (9 foiz) viloyatlarida sezilarli natijalar qayd etildi.

Tovar-xom ashyo birjasi. Ishbilarmonlik indeksining birja komponenti 1,3320 birlikni tashkil etdi va oy davomida 33,2 foizga o‘sdi. Bu, avvalo, har bir bitim hajmining 38,2 foizga va bitimlar sonining 28,2 foizga oshgani bilan izohlanadi. Respublika tovar-xom ashyo birjasida umumiy savdo aylanmasi 6,6 trln so‘mni tashkil etdi, bu esa oyiga nisbatan 2,8 foiz yuqori.

Xo‘jalik sub’ektlari faolligi. Iyulda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari soni 488 ming 584 tani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 1 ming 016 taga kam. Shuningdek, yirik tadbirkorlik sub’ektlari soni 22 taga ortib, 3 971 taga yetdi.

Biroq kichik korxonalar (-944 ta) va fermer xo‘jaliklari (-94 ta) kamaydi. Avvalroq, kichik bizneslar YAIMning 47,5 foizini tashkil qilishi haqida ma’lum qilgan edik.

Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish. Iyul oyida savdo belgilari va nomlarini himoya qilish bo‘yicha indeks 51 foizga oshdi. Faqat bir oy ichida 468 ta yangi tovar belgisi va nomi ro‘yxatdan o‘tgan.

Hududlar kesimida holat qanday?

2

Infografika: Review.uz

Ishbilarmonlar faolligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni Buxoro viloyati qayd qildi. O‘tgan oyga nisbatan qariyb 48 foiz, yil hisobida esa 41,7 foiz o‘sish kuzatilgan.

Bundan tashqari, Surxondaryo (42,8 foiz), Namangan (35,4 foiz) va Samarqand viloyatida (33,8 foiz) ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Biroq, Xorazm (-2,4 foiz), Qoraqalpog‘iston (-2,2 foiz) va Sirdayo (-0,2 foiz) hududlarida indeks biroz pasaydi.

Kiritildi: 16:43 20.08.2025. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!