Kiyev rejimi yetakchisi Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlarini jang maydonida yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin. Bu haqda Shveysariya Bosh shtabining iste’fodagi podpolkovnigi Ralf Bossxard aytib o‘tdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar zarurligini va g‘arbiy sheriklariga o‘z yutuqlarini namoyish etish istagini anglagan Zelenskiy o‘zining so‘nggi resurslarini sarflab, katta tavakkal qilishi mumkin.
"Zelenskiy hamma narsani bitta kartaga tikish uchun kuchli vasvasani boshdan kechirayotgandir", dedi u.
Rossiya armiyasining muvaffaqiyatlari shoshilinch qarorlar qabul qilishi kerak bo‘lgan Zelenskiyga bosimni oshirmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Zelenskiy hech qachon Qrimni Ukrainaga qaytarib bera olmasligini, mamlakatning NATOga qo‘shilishini ta’minlay olmasligini va jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartira olmasligini ma’lum qilgandi.