Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyada harbiy holatga tayyorgarlikmi?

Rossiyada harbiy holatga tayyorgarlikmi?

Hududlar mudofaasi gubernatorlar zimmasiga yuklanishi mumkin.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy holat joriy etilgan taqdirda hududlarda yagona mudofaa shtablarini tashkil etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorladi.

Hujjatga ko‘ra, bunday shtablarga gubernatorlar va shahar hokimlari rahbarlik qiladi. Ular hudud mudofaasi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Ya’ni xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosi mahalliy rahbarlar zimmasiga yuklanadi.

Shu bilan birga, yangi qoidalar Moskva, Sankt-Peterburg va Sevastopol shaharlariga tatbiq etilmaydi.

Qonun loyihasi harbiy holat sharoitida hududlarni boshqarish va mudofaani markazlashtirishni kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 15:06 15.12.2025. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!