Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilmoqda

Metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilmoqda

Qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqarganligi sababli quyidagi zarur choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilinadi.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga asosan “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilinadi.

Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 16:37 11.12.2025. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!