Rossiyaga qarshi sanksiyalardan AQSh biznesiga yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar taxminan 100 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu haqda Rossiyadagi Amerika savdo palatasi (AmCham) rahbari Robert Eyji RTVI’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba taxminan 100 milliard dollarni, zarar esa aniq biznesning potensial yo‘qotishlarini hisobga olgan holda deyarli 300 milliard dollarni tashkil etdi, deb hisobladik," - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh sanksiyalari, shuningdek, Rossiya qarshi sanksiyalarining umumiy zarari.