Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Abdug‘ani Kamolov Qirg‘izistonning “Bishkek Siti” klubini tark etib, Kosovo chempionati vakili bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Asia-Sport.uz telegram kanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha jamoa nomi ma’lum qilinmagan, biroq klubning asosiy maqsadi Yevropa kuboklari yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ekani qayd etilgan.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Kamolov Kosovo chempionatida to‘p surgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Abdug‘ani Kamolov faoliyati davomida “Sho‘rtan”, “Metallurg”, “Buxoro”, “Andijon” va “Navbahor” klublari sharafini himoya qilgan.

2025 yil boshida u Qirg‘izistonning “Abdish-Ata” klubi bilan shartnoma imzolagan. O‘sha yilning yozida esa italiyalik murabbiy Jovanni Kostantino taklifiga binoan “Bishkek Siti” safiga qo‘shilib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan.

Kiritildi: 23:45 15.12.2025. O'qildi: 4317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!