Rossiya Markaziy banki Moskva arbitraj sudida Belgiyaning Euroclear depozitariysiga qarshi da’vo qo‘zg‘atib, undan 18,2 trillion rubl (taxminan 229 milliard dollar) undirishni talab qilmoqda.
Bu haqda TASS agentligi xabar berdi, deb yozadi «Evropacha pravda».
Ma’lum qilinishicha, Rossiya Markaziy banki 12 dekabr kuni Moskva sudiga Euroclear depozitariysining «zarar yetkazgan noqonuniy harakatlari», shuningdek, Yevropa komissiyasining bankka tegishli muzlatilgan aktivlardan foydalanish rejalari bilan bog‘liq da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
15 dekabr kuni ertalab sud matbuot xizmati Rossiya ommaviy axborot vositalariga Rossiya Federasiyasi Markaziy bankining Euroclear’ga qarshi 18,2 trillion rubl miqdoridagi da’vosi Moskva arbitraj sudiga rasman kiritilganini ma’lum qildi.