Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Tramp Berlindagi muzokaralardan mamnun, deb xabar bermoqda OAV.

Sky News, BBC va The Guardian nashrlari xabariga ko‘ra, prezidenti Donald Tramp Berlinda Ukraina va AQSh delegasiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan mamnun. Ma’lum qilinishicha, “90% masalalar hal qilingan”.

BBC'ning yozishicha, muzokaralar davomida Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa rasmiylari Ukraina uchun NATO nizomining beshinchi moddasi misolida xavfsizlik kafolatlari paketini ishlab chiqqan.

"Ushbu kelishuvning asosi ko‘p jihatdan NATO nizomining 5-moddasiga o‘xshash juda kuchli kafolatlar, shuningdek, ehtimoliy agressiyani oldini olish mexanizmlari sifatida Ukrainadagi harbiylar soni va mavjud qurollanishga taalluqlidir", — deya izoh berdi manbalardan biri.

"Hali muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ba’zi masalalar mavjud, ammo prezident Donald Tramp erishilgan yutuqdan mamnun. Prezident Rossiya Ukrainaga taklif qilingan kafolatlarni qabul qilishiga ishonadi", — deya qo‘shimcha qildi Sky News'ning Oq uydagi manbasi.

Kiritildi: 23:54 15.12.2025. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!