Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshqulov: Yunusobodda jasadi topilgan besh talabaning yaqinlariga moddiy yordam ko‘rsatilgan

Toshqulov: Yunusobodda jasadi topilgan besh talabaning yaqinlariga moddiy yordam ko‘rsatilgan

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida o‘lik holda topilgan 5 nafar talabaning yaqinlariga moddiy, ma’naviy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

“Tergov-surishtiruv jarayonlari hali yakuniga yetmadi, sabablari to‘liq aniqlanmadi. Lekin barcha rektorlar janoza tadbirlarida qatnashib, marhumlarning ota-onalariga moddiy, ma’naviy yordam, qolaversa, psixologik xizmat ko‘rsatib, butun jamoasi bilan birga bo‘ldi. Bu noxush holatga rektorlar befarq emas, qat’iy nazoratga olingan”, — dedi vazir Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”da. 

Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanida besh nafar talaba o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgan edi. Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchilarning o‘limi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan. Hozir jinoiy ish ochilgan va u Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Ushbu fojiadan so‘ng O‘zbekistonda maxsus ishchi guruhlar tuzilishi va ular talabalar yashash sharoiti hamda harakatlanishini o‘rganishi ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 19:25 03.03.2021. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!