Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Parad kuni Qizil maydonda hujum bo‘ladimi?

Parad kuni Qizil maydonda hujum bo‘ladimi?

Ukrainaning Moskvadagi paradga zarba berishga urinishi ehtimoli past — The Washington Post

Gazetaning Ukraina Qurolli kuchlaridagi yuqori martabali manbasiga ko‘ra, Kiyev buning o‘rniga Rossiyaning boshqa hududlariga zarba berishi mumkin.

"Ko‘rib turganingizdek, Rossiyaning barcha havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskvani himoya qilish uchun safarbar etilgan. Hatto paradga hujum qilishga urinish bo‘lsa ham, bu muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Ehtimol, Ukraina boshqa hududlarga zarbalar yo‘llar, lekin Moskvaga emas", — deya fikr bildirdi ukrainalik manba.

Mudofaa idorasining boshqa vakili esa, Qizil maydonga hujum uyushtirilishi, u yerda ko‘plab jahon yetakchilari bo‘lganligi sababli, Rossiya tomonidan keskin javob harakatlariga olib kelishi va “Vashingtonni g‘azablantirishi” mumkinligini qo‘shimcha qildi.

U, shuningdek, Ukrainaning bunday hujumni rejalashtirayotgani haqidagi taxminlarni “bo‘rttirilgan” deb atadi.

Kiritildi: 23:11 06.05.2025. O'qildi: 1801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!