Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon firibgar O‘rinboyevni chiqarib yubordi

Ozarbayjon firibgar O‘rinboyevni chiqarib yubordi

Ozarbayjon O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 2000 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Saidkamol O‘rinboyevni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstradisiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirdi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda sezilarli zarar yetkazib firibgarlik sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan O‘rinboyev joriy yilning fevral oyida Ozarbayjonda aniqlanib, qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2002 yil 7 oktyabrdagi "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida"gi Konvensiya asosida ayblanuvchini ekstradisiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va u Adliya vazirligi Jazoni ijro etish xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organiga topshirildi.

Kiritildi: 21:07 06.05.2025. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!