Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda “Chechnya segodnya” xabar berdi.
Jurnalistlar Ramzan Kadirovdan uning iste’foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlar haqida so‘rashdi.
"Men ham bu mish-mishlarni eshitdim. Ular turli xil narsalarni yozadilar. Aksincha, men lavozimimdan bo‘shatishni o‘zim so‘radim. Boshqa rahbarda o‘z tashabbusi, o‘z qarashlari bo‘ladi. Umid qilamanki, iltimosim qo‘llab-quvvatlanadi", — deya ma’lum qildi Checheniston rahbari.
Kadirov bu masalani faqat Rossiya Federasiyasi prezidenti prezidenti hal qilishini bildirdi.
"Men Checheniston Respublikasi rahbari lavozimida qolish yoki qolmasligim bo‘yicha qaror qabul qilmayman. Men faqat so‘rashim yoki taklif bildirishim mumkin. Lekin qanday gapirsam ham, qanday so‘rasam ham, bunday qarorni faqat bir kishi qabul qiladi - Oliy Bosh qo‘mondonimiz, Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin! Men piyoda askarman! Faqat berilgan buyruqni bajaraman!", — deya ta’kidladi Kadirov.