Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ish haftasi rasman qisqaradi — maosh o‘zgarmaydi

Ish haftasi rasman qisqaradi — maosh o‘zgarmaydi

Ispaniya hukumati ish haftasini 40 soatdan 37,5 soatga qisqartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Vise-premyer va mehnat hamda ijtimoiy iqtisodiyot vaziri Yolanda Diasning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus mamlakatda mehnat sohasini modernizasiya qilish, biznesni rivojlantirish va aholi baxtiyorligini oshirishga qaratilgan.

“Bu norma Ispaniyani yanada yaxshi tomonga o‘zgartirish, biznes va mehnat sohasini zamonaviylashtirish hamda odamlarni biroz bo‘lsa-da baxtli qilish yo‘lidagi qadamdir”, — dedi Dias mamlakat vazirlar mahkamasining haftalik yig‘ilishida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yangilik maosh qisqartirilmasdan amalga oshiriladi va taxminan 12,5 million nafar ishchini qamrab oladi. Ispaniya aholisi 48 million nafarni tashkil qiladi.

Endi mazkur qonun loyihasi mahalliy parlamentda ko‘rib chiqiladi. Yolanda Dias bu qonun 2025 yil oxiridan kechikmasdan kuchga kirishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 17:49 06.05.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!