Rossiya prezidenti Vladimir Putin yoz oxiri - kuz boshida Xitoyga tashrif buyuradi. Rossiya rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashadi, deb ma’lum qildi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov brifingda.
"Ikki mamlakat rahbarlarining 9 may, shuningdek, militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba va Ikkinchi jahon urushining tugashi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida birgalikda ishtirok etishi yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. 10 yil oldin ham, 2015 yilda ham shunday bo‘lgan, bu yil ham shunday bo‘ladi," - dedi Kreml vakili. - "Avgust oxiri - sentyabr boshlarida prezidentimizning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi kutilmoqda."
"XXR raisi bosh mehmonimiz sifatida G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan boshqa tantanali tadbirlarda ham hozir bo‘ladi," - deya e’lon qildi Ushakov.
Militaristik Yaponiya 1945 yil 2 sentyabrda taslim bo‘lishi bilan Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetdi. Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirishib, Xitoy hududining katta qismini ozod qildi. Jumladan, yaponlarning eng kuchli harbiy birlashmasi hisoblangan Manjuriyadagi Kvantun armiyasi qismlarini tor-mor etishga erishdi.