Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

She’rlar ruxsatsiz ishlatilgan — Botir Qodirov jarima to‘laydi

She’rlar ruxsatsiz ishlatilgan — Botir Qodirov jarima to‘laydi

Yana bir mashhur shoir xonanda Botir Qodirov ustidan Adliyaga shikoyat qildi, deb xabar bermoqda Intellektual mulk departamentiga tayanib "Daryo".

Ma’lum qilinishicha, “Abdussamiy” taxallusi bilan bilan tanilgan shoir Shohrux Abduvohidovga tegishli “Qizg‘anaman”, “So‘nggi nafasgacha”, “Sog‘indim yomon” hamda “Dildora” nomli she’rlar xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida — 3 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 17:00 06.05.2025. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!