2025 yilning 3 oyida mamlakatga qiymati $115,1 mln.ga teng 6950 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 76,4% ga kam.
Statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2024 yil yanvar-mart oylarida $490,6 mln.lik avtomobil import qilingan.
Avtomobillarning katta qismi Xitoydan olib kelingan – 5235 ta. Shuningdek, Koreyadan 1425 ta mashina import qilingan.
Solishtirish uchun 2024 yilning birgina yanvar oyida $222,8 mln.ga teng bo‘lgan 10 237 dona avtomobil import qilingan.